Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayotimdan, taqdirimdan nolimayman
12:24 / 2024-07-17

Qurbon Ibragimov chet davlatiga ishlash maqsadida ketib, 2011 yilda baxtsiz hodisa tufayli og‘ir tan jarohati oladi. Natijada qo‘l-oyoqlari ishlamay uyiga qaytadi. Uzluksiz davolanishlar sabab qo‘llarida harakat tiklanib, unga 1-guruh nogironligi berildi.

U bugun oilasi bilan Buxoro viloyati Romitan tumani Mug‘oncha qishlog‘ida yashaydi.   

Qurbon akaning oilaviy sharoiti tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan o‘rganilgandan so‘ng, qisqa muddatda markaz tomonidan unga elektron yuritmali nogironlik aravacha taqdim etildi. Elektron aravacha bilan ta’minlanganidan so‘ng oilasiga daromad keltirish maqsadida uyida kosibchilik bilan shug‘ullana boshladi. Shu bilan birga otasidan qolgan avtomobilni o‘zi qayta ta’mirlab, uni qo‘l bilan harakatlantirmoqda. Kosibchilikdan bo‘sh vaqtida qurilish mahsulotlarini tashib, haydovchilik ham qilyapti.   

– Taqdirimdan nolimayman, – deydi Qurbon aka. – Ikki qo‘lim ishlab turibdi. Farzandlarim, oilam yonidaman. Hayotning og‘ir zarbalarini boshimdan o‘tkazdim. Lekin taqdir ekan yashab ketdim. Markaz xodimlarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida oilamga, farzandlarimga ko‘mak beryapman. Buning uchun menga imkon bergan, hayotga qaytargan davlatimga, Prezidentimga rahmat. Hech ham hayotimdan, taqdirimdan nolimayman.   

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.