Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayotda muvaffaqiyat qozonish har kimning oʻz irodasiga bogʻliq!
13:05 / 2018-10-04

Poytaxtimizdagi “Ashxobod“ bogʻida Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda “Hayotda muvaffaqiyat qozonish har kimning oʻz irodasiga bogʻliq” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi.


Poytaxtimizdagi “Ashxobod“ bogʻida Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda “Hayotda muvaffaqiyat qozonish har kimning oʻz irodasiga bogʻliq” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi. Unda imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etib, oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.

photo5310126977719576870.jpg

Musobaqaning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar, yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar sportiga davlat siyosati darajasida eʼtibor eʼtibor berilayotganini alohida eʼtirof etishdi. 

Shundan soʻng musobaqalarga start berildi. Bellashuvlarda 18 yoshdan 30 toshgacha boʻlgan imkoniyati cheklangan havaskor sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqa ishtirokchilari 50, 150 metr masofani nogironlik aravachalarda bosib oʻtish shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bellashuvlarda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandilar.