Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayotbaxsh islohotlar, ezgu sa’y-harakatlar
11:22 / 2021-08-16

Mamlakatimizda aholi ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishini yanada yaxshilash, bunda davlat va xususiy sektor sherikligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu boradagi masalalarga taraqqiyotimizning muhim dasturuamali – Harakatlar strategiyasida ham alohida keltirilgan.

Shunga ko‘ra, mamlakatimizda xalqimizga xos bo‘lgan mehr- muruvvat va ezgulik qadriyatlariga tayangan holda alohida yordamga muhtoj fuqarolarning orzu-umidlariga erishishi, jamiyatning boshqa a’zolari qatorida bekamu ko‘st hayot kechirishi uchun ko‘maklashish maqsadida yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.

Hayotda taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolganlar, ko‘ngli o‘ksiklar, hamisha mehr-muruvvatga muhtojlar anchagina. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar ro‘yxatga olinib, davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy himoyaga olingan. Tizim tarkibida 33 dan ortik “Saxovat” va “Muruvvat” uylari davlat ta’minoti hisobidan faoliyat olib boradi. Har bir “Saxovat” va “Muruvvat” uylari uchun davlat byudjetidan har yili oziq-ovqat uchun, dori-darmon, kiyim-kechak, gigiyena vositalari, xo‘jalik jihozlari uchun 2 mlrd 643 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari ajratiladi. Bundan tashkari 2017-2021 yillar mobaynida har bir muassasada Investitsiya dasturlari doirasida byudjet hisobidan 7 mlrd.dan ortiq shuningdek homiylik hisobidan ham qurilish ishlari uchun pul mablag‘lari ajratiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 25 martda imzolangan “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilajak tibbiy ijtimoiy xizmatlar sifatini va salohiyatini yanada kuchaytirilishida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror bizlarni yanada ruhlantirdi.

Yangi qarorning har bir bandida nogironligi bo‘lgan shaxslarning, ehtiyojmand fuqarolarimizni zamonaviy tibbiy asbob- uskunalari bilan ta’minlashdan tortib, jarrohlik amaliyotlarini tashxislarining turlariga qarab, muayyan sonlarda o‘tkazilishi, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari ham kerakli zamonaviy uskunalar bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qaror yuzasidan har bir muassasaga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazorat qilib borilmoqda.

Bar bir “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida 1 o‘rin birligida kutubxonachi shtati ajratilib, zamonaviy tipdagi kutubxonalar tashkil etildi. Kutubxona fondlari milliy va jahon adabiyotining 100 ta eng yaxshi asarlari (bestsellerlari), davriy nashrlar (gazeta va jurnallar) bilan ta’minlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 28 iyul kuni o‘tkazilgan Mehribonlik uylarini qullab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar haqidagi videoselektorda bu sohada yangi tizim joriy qilinishi, bolalarga tarbiya berish, ularni fan IT, xorijiy tillar, kasb-xunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi metodikalarini ishlab chiqish degan so‘zlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining hayotdagi o‘z o‘rnini topishda har tomonlama ko‘mak bo‘ladi.

Eng muhimi, Prezidentimiz tomonidan “Saxovat” va “Muruvvat”, Mehribonlik uylari faoliyatiga doir o‘tkazilayotgan islohotlar, bajarilayotgan ishlar, har qanday sharoitda ham, har qachon, har doim nogironligi bo‘lgan shaxslar, yordamga muhtojlar, boquvchisini yo‘qotganlar, doim g‘amxo‘rlik qurshovida bo‘lishlari bevosita davlatimiz tomonidan doim e’tibor qaratganligi aks ettirilganligidandir. Kelgusida tizimni yanada rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar sharoitlarini yanada yaxshilash, tizimni yaxshilashda xorij tajribasiga asoslangan texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirgan holda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish sohasini yanada isloh qilish.

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan ko‘p sonli Mehribonlik, “Muruvvat” va “Sahovat” uylari xodimlariga, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlovchi barcha xodimlar, Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va barcha hududiy boshqarma va bo‘limlarda faoliyat olib borayotgan hamkasblarimizga doimo sharafli va savobli ishlarida omadlar tilaymiz.

Buxoro “Muruvvat” nogironligi

bo‘lgan bolalar uchun internat uyi