Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayot tajribalari ortida albatta hayot yo‘lidagi ustozlarning mashaqqati bo‘ladi
11:49 / 2022-09-24

Qaysi soha bo‘lmasin, biror kasbni mukammal egallashda hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustozlarning mashaqqatli mehnati nihoyatda beqiyos. Talabalar oliy o‘quv yurtlarida nazariy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi, biroq hayotiy tajribani, albatta hayot yo‘lidagi ustozlardan oladi.

bugungi kunda bojxona tizimida uch avlod vakillari xizmat qiladi. Birinchichi, uzoq yillar bojxona tizimida xizmat qilgan katta avlod vakillari, ikkinchisi, mustaqillikning dastlabki yillari davrida bojxona xizmatiga qabul qilingan katta yoshlilar vakillari, uchinchi avlod, bojxona tizimiga yangi qabul qilingan yoshlar.

Bojxona tizimiga yoshlar katta shijoat va jasorat bilan xizmatga kirib kelmoqda. Albatta ularni professional kadr bo‘lib yetishishida ustozlarning o‘rni va mehnati bor.

bugungi kunda Said Azim Aripov, professor Ibrohim Asqarov, Olimjon Habibullayev, Ma’ruf Xolmedov, Viktor Chipiga, Bahodir Yunusov, Bahrom Jo‘rayev, Alisher Amanboyev, Shuhrat Bilalov, Ixtiyor Qosimov va boshqa ustozlar  nafaqada qarilik gashtini surayotgan bojxona faxriylaridir.

Ularning har biri tarix zarvaraqlariga kirib ulgurgan bojxona ishi faoliyatini shakllanishi va rivojlanishida xizmat beqiyos qilgan.

Bugun esa havas qilsa arzigulik zamonaviy bojxona tizimi shakllandi. Bojxona komplekslari yaratildi va eng zamonaviy anjomlar bilan ta’minlandi. Bojxona ishiga oid qonunlar qabul qilindi va tizim vazifalari aniq belgilab berildi. Bevosita davlatimiz rahbarining yordami va ko‘magida tizimli islohotlar amalga oshirildi.

Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, biz yoshlar atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasdan, doimo hushyor bo‘lishimiz talab lozim.

«Biz – yoshlar ustozlarimizning va katta avlod vakillarining yuzini yerga qaratmaymiz, ustozlar erishgan yutuqlardan ham katta marralarga erishamiz. Buning uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo.

 

Qurbonqul KARIMQULOV,
Bojxona instituti kafedra mudiri,
texnika fanlari doktori, professor