Hayot saboqlarini tinglab
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi madaniyat saroyida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi yetakchi mutaxassislari va jamg‘armaning quyi tizimi vakillari, mehnat faxriylari, “Keksalar maslahat guruhi” a’zolari va hududdagi yoshlar ishtirok etdi.

Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonida joylashgan “Koba” majmuasida bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan tadbirda bir guruh nuroniylar yoshlar bilan suhbatlashib, bosib o‘tgan sermazmun hayot yo‘llari haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuvda faol nuroniy otaxon va onaxonlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Shahrisabz shahar bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar taqdim etildi.
El suygan san’atkorlarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.