Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayit namozlari o‘qiladigan barcha masjidlarning sanitariya-gigiyenik holati tayyor
14:46 / 2024-04-09

Ertaga, 10-aprel kuni yurtimizdagi jome’ masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qiladi.

Shu bois, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar mutaxassislari tomonidan 2100 ta masjid hududi obodonlashtirildi. Maishiy chiqindilardan tozalanib, namozxonalar va tahoratxonalarning sanitariya holati talab darajasiga keltirildi. 

Ichimlik suvi, issiq suv bilan ta’minlash, tahoratxona hamda hojatxonalarni ta’mirlash ishlari bajarildi. Santexnika jihozlarining sozligiga e’tibor qaratilib, salqin iqlim sharoitini inobatga olgan holda masjidlar ichining isitilishiga alohida e’tibor berilishi nazoratga olindi. 

Masjidlarning 994 tasi markazlashtirilgan, 1106 tasi mahalliy ichimlik suvi tizimiga ulangan. Kanalizatsiya tizimi 402 tasida markazlashtirilgan, 1698 tasida mahalliy tarmoqlarga ulangan. Olib borilgan o‘rganishlar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan berilgan tavsiyalarning ijrosini nazorat qilish natijasida barcha masjidlarda kamchiliklar bartaraf etildi, – deya xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot xizmati. 

O‘zA