Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayit namozi fayzi
11:42 / 2023-04-21

Bu yilgi Ramazon oyi nihoyatda fayzli va barokotli, yaxshiliklarga boy o‘tdi. Mana shunday shukuhli damlarda bugun, 21 aprel kuni erta tongda yuz minglab yurtdoshlarimiz Ramazon hayiti namozini ado etish uchun o‘lkamizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarga tashrif buyurishdi.

Xuddi shunday erta saharda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari ham Hayit namozini ado etish va mo‘min-musulmonlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan muborakbod etish maqsadida Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” jomesiga tashrif buyurdilar.  

Dastlab bomdod namozi ado etilib, xayrli duolar qilingach, muftiy hazratlari yig‘ilgan barcha musulmonlarni muqaddas bayram bilan qutladi, bu yilgi Ramazon oyi fayzli va barakotli kechgani, ko‘plab xayrli tashabbuslar amalga oshgani haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, bu yaxshiliklar va tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytish kerakligini ta’kidladilar.  

Hayit namozi ado etilgach, Parvardigordan butun dunyoga tinchlik-xotirjamlik ato etib, ibodatlarimizni O‘z dargohida qabul qilishi va ona Vatanimizni obod, xalqimiz hayotini yanada farovon bo‘lishi yo‘lida duoyu iltijolar qilindi.

O‘zA