Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchining yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lsa, qolgan hujjatlar talab etiladimi?
16:26 / 2022-07-13

Huquqiy munosabat

Ma’lumki, joriy yilning 1 martidan ID-kartasi bor haydovchilardan ba’zi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilindi. Jumladan, yonida biometrik pasport yoki ID-karta mavjud haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisi talab etilmaydi.

Xo‘sh, haydovchilik guvohnomasi uyda qolib ketgan haydovchining ID-kartasi bo‘lmasa, ammo yonida biometrik pasporti bo‘lsa, unga qanday chora ko‘riladi? Ushbu savolgan Toshkent davlat yuridik universiteti xodimi, huquqshunos Muxriddin Shamsiddinov javob berdi. 

– Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandiga ko‘ra mexanik transport vositasi haydovchisining yonida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar so‘ralmaydi. 

Shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yo‘l varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi haydovchidan talab etilmaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yonida bo‘lgan haydovchilarning haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, avtotransport vositasi oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma, transport vositasining texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’umotni hamda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi planshet orqali tekshiriladi. Planshetda aniqlash imkoni bo‘lmagan hamda favqulodda holatlar bundan mustasno. 

Gulnoza Boboyeva,O‘zA