Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirildi
19:24 / 2022-01-04

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz fikrlarini inobatga olgan holda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirildi.

Xabarda  qayd etilishicha, 2021 yil 17 noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi belgilandi:

 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha, 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha, 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha, 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Sh. Mamaturopova, 
O‘zA