Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilik guvohnomasini pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
14:19 / 2023-03-25

“H.A.” nodavlat ta’lim muassasining o‘qituvchisi U.I. fuqaro U.G.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib quyish evaziga 7,5 million so‘m olgan.

Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Nurota tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.A. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 4 million so‘m pullarni turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.            

O‘zA