Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi
13:22 / 2023-06-10

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini qing‘ir yo‘llar bilan olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquq tartibot organlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.  

Natijada Olot tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro E.O. ismli shaxs boshqa bir fuqaroni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, uning tanishiga “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘ladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali muvaffaqiyatli o‘tkazib berishni va’da qiladi. Evaziga firibgarlik yo‘li bilan 450 AQSH dollari talab qiladi.

Joriy yilning 6 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M-37 avtomobil yo‘li yoqasida fuqaro R.X. dan kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.  

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA