Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi usta ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmati Beruniy tumani bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avto o‘rgatuvchi usta ushlandi.
Jumladan, mazkur tumandagi “B.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rgatuvchi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanishiga avto o‘quv jarayoniga umuman qatnashtirmasdan, imtihonlardan tanishlari orqali o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan. Natijada shuning evaziga 800 AQSH dollari va 16 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA