Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
14:16 / 2023-03-17

Fuqaro E.A. fuqaro Z.K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 900 AQSH dollari olgan.

Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O‘. fuqaro M.B.ni go‘yoki viloyat IIBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSH dollari va 1,1 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro R.R. boshqa bir fuqaro E.E.ga 500 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, oldindan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda                                                                          

O‘zA