English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
20:02 / 2021-05-21

Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan “X.” MCHJ o‘qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 750 AQSH dollari va 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahnoza MAMATUROPOVA, O‘zA