Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilik guvohnomasi firibgarga qimmatga tushdi
13:49 / 2021-07-17

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida haydovchilik guvohnomasini olib beraman deb firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.  

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumani F.Yunusov mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro D.M. o‘zga bir fuqaro Z.T.ning ishonchiga kirish orqali uni aldab firibgarlik jinoyatini sodir etadi.  

Natijada tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olib berish va haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 2 million 450 ming so‘m talab qilib, tumanning Dilkusho mahallasida joylashgan “Family” savdo do‘koni oldida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan D.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA