English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?
15:54 / 2024-06-13

Huquqiy munosabat

Ma’lumki, avtomashina haydovchisi tezlikni belgilangan me’yordan oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotishi, atrofdagi piyodalarga ziyon yetkazishi va shunga o‘xshash qoidabuzarlik sodir etishi haqida ko‘p eshitganmiz. Buning oldini olish maqsadida qonunchiligimizda tegishli javobgarlik belgilangan.  

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu haqda batafsil tushuntirish berdi.

–O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-3-moddasiga asosan transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari 340 ming miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.  

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari 1 million 700 ming miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.  

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi bazaviy hisoblash miqdorining to‘qqiz baravari 3 million 60 ming miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.  

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari 5 million 100 ming miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi.  

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari 8 million 500 ming miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qo‘llaniladi. 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA