Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchilar hushyor bo‘ling: qamchiq dovonida qor yog‘moqda
19:24 / 2022-12-21

Ayni paytda A-373 “M-39 a/y Guliston – Bo‘ka – Angren –Qo‘qon – Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismining 171-254 kilometrlari oralig‘ida qor yog‘moqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozir avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Qor, tuman. Yo‘llarda ko‘rish darajasi 500 metrni, havo harorati -5 darajani, shamol tezligi 6-11 m/s, namlik esa 77 foizni tashkil etmoqda. Hududda harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

A.Musayev, O‘zA.