Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchidan qarzdorlik undirildi
09:34 / 2024-08-24

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning yo‘llarda baxtsiz hodisalarga uchrashining oldini olish maqsadida bugungi kunda avtomobil yo‘llarida qoidalar buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etib borish hammamizga ma’lum.

Oramizda ayrim haydovchilar borki, qoida buzarlik oqibatida ko‘rsatilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamay kelmoqda. Bu borada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining Chortoq tumani hududiy bo‘limi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jarimalarni undirish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida 53 ta jarimasi bor haydovchidan qarzdorlik to‘liq undirildi. Aniqlanishicha, haydovchi o‘zi boshqaruvidagi transport vositasida gohida tezlikni oshirib, gohida yo‘l chiziqlarini bosib yo‘l harakati qoidalarini buzib kelgan. “Hech kim ko‘rmayapti”, degan xayolga borgan shekilli, mashinasiga qo‘llanilgan jarimalarni 60 kun ichida ham to‘lamagan. So‘ng, hujjatlar MIB tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. 

Davlat ijrochisi tomonidan haydovchi qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan. Qarzdorlik esa 18 million 300 ming so‘mgacha yetib borgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida haydovchi qarzdorlikni to‘liq bartaraf etdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.