Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havoning keskin sovishi koronavirusni avj oldiradimi?
13:49 / 2020-04-08

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.


Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Unda “Havo keskin sovib ketdi. Mana shu vaziyatda kasallikni avj olish ehtimoli qanaqa?” degan savolga javob berildi.

“Haqiqatan, havo sovuq boʻlsa, ayniqsa -2 dan +10 gradusgacha boʻlgan havo haroratida virus qoʻzgʻatuvchisi ancha muddat yashay oladi, ularni tashqi muhitda boʻlish vaqti uzayadi. Lekin, agar biz uyimizda qolsak, koʻchaga chiqmasak, muloqotlarga yoʻl qoʻymasak, muloqot boʻlsayam masofani saqlaydigan boʻlsak respublikamizdagi epidimik vaziyatga hozirgi kundagi ob-havo taʼsir qilmasligi mumkin”, deya izoh berdi N.Otabekov.