Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havoni sovutish asbob-uskunalaridan foydalanishda ularning energiya samaradorligiga e’tibor qaratish lozim
10:53 / 2022-12-21

Poytaxtimizda Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida mintaqaviy loyiha doirasida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilayotgan Sovitish bo‘yicha milliy harakatlar rejasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Germaniyaning "HEAT GmbH" konsalting kompaniyasi tomonidan xalqaro ekspertlar va respublikaning ushbu sohaga daxldor mutasaddi vazirlik va idoralari mutaxassislari ishtirokida Minimal energiya samaradorligi standartlari (MEPS) va yorliqlash (Labelling) buyicha fikr almashildi.   

Tadbirning asosiy maqsadi respublikada havoni sovutish va konditsionerlash asbob-uskunalaridan foydalanishda ularning energiya samaradorligiga e’tibor qaratish va atmosferaga zararli "issiqxona" gazlari chiqishining oldini olishni muhokama etish hisoblanadi.  

Tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda BMTTD O‘zbekistondagi ofisining mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, mazkur masalaning naqadar dolzarbligini ta’kidladilar va ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi ishlar yuzasidan fikr almashdi.  

Qayd etilishicha, Sovitish bo‘yicha milliy harakatlar rejasining ishlab chiqilishi O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan bir qator xalkaro hujjatlar, jumladan, Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij shartnomasi va Monreal bayonnomasida ko‘rsatilgan xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.  

 

O‘zA