Havoni ifloslantirgan qo‘lbola uskuna yo‘q qilindi (+video)
Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining qator tumanlarida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan issiqxona va korxonalarning tabiatga, havoning ifloslanishiga olib keluvchi holatlar o‘rganilib, aniqlangan zararli va ekologik talablarga mos kelmaydigan faoliyat turlari joyida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Yangiyo‘l tumanidagi tadbirkorga tegishli pista ko‘mir ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘lbola uskunalar Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida buzib tashlandi. Unga bunday holatda ishlab chiqarishni tashkil etish qonunchilikka zid ekani tushuntirildi. Hozirda atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uyum qilib taxlangan kesilgan daraxt parchalarining kelib chiqish manbaasi aniqlanmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/YYhkdkQ26GE?si=rQOza1Hi4vGc6lmp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov
Oybek Davronov,
Ulug‘bek To‘xtayev O‘zA