Havoni ifloslantirgan fuqarolar jarimaga tortildi
Buxoroda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hafta davomida shahar va tumanlarda o‘tkazilgan reyd tadbirlari chog‘ida 61 nafar fuqaro tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish talablari buzilgani qayd etilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 27 million 192 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, viloyat hududida kunduzgi va tungi vaqtlarda kuchaytirilgan ekologik nazorat tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.