Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havo layneri Farg‘onadan Dubayga uchdi
20:30 / 2022-11-01

FOTOREPORTAJ

O‘tgan yakshanba kuni Farg‘onadan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri samolyot parvoz qildi. Mazkur aviareysni “Uzbekistan airways” AJning tajribali uchuvchisi Ruslan Mustafoyev komandirlik qilgan ekipaj amalga oshirdi.

bugungi kunda Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali har haftada 38 ta aviaqatnov amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uning 30 tasi xalqaro reyslardir. Endilikda Farg‘ona zaminidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijga parvoz yana bittaga ko‘paydi.

- O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros hamda Transport vazirliklari, Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida turizm salohiyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha bir nechta loyihalar ishlab chiqilmoqda, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov. – Ulardan biri Farg‘onadan chet davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishdir. Maqsad mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yurtdoshlarimizning sayohatga chiqishlariga, o‘z navbatida, xorijiy sayyohlarning Farg‘onaga tashriflari uchun qulayliklar yaratish, turizm salohiyatini oshirish orqali viloyat iqtisodiyotining yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shishdan iborat.

[gallery-9371]

“Boeing 767” aerobusi parvoz oldidan birinchi yo‘lovchilarni tabriklagan Farg‘ona xalqaro aeroporti direktori Murodil Madaminov “Sharqiy” xabni rivojlantirishning uchinchi bosqichi sifatida mazkur aviareysning ochilishi Farg‘ona vodiysi aholisi va qo‘shni davlatlar fuqarolariga katta qulaylik yaratishini aytib o‘tdi. Yangi aviareysning yo‘lga qo‘yilishi qo‘shimcha servis xizmatlarini ishlab chiqish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

- O‘zim, turmush o‘rtog‘im va qizim Umra amalini bajarish uchun yo‘lga chiqdik, - deydi vodillik Nabijon ota Mamajonov. – Toshkent yoki boshqa viloyatga bormay, Farg‘onaning o‘zidan safarga chiqish bizga ancha qulay bo‘ldi. Bu yerda parvoz oldidan yo‘lovchilarga, musulmonchilik farzini ado etishga chog‘langan ziyoratchilarga barcha sharoitlar yaratilgan.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha har haftaning seshanba va yakshanba kunlari Farg‘onadan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga uchish mumkin.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA