Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havo kemalarida 4,1 million yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, bugun 9,2 millionga yetdi
15:49 / 2023-12-13

Har bir inson hayoti davomida transport tizimi xizmatlaridan muntazam foydalanadi. Bu tizimsiz kundalik hayotimizni tasavvur qilish mushkul.

So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish, harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtotransport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha Prezidentimizning qator farmon va qarorlari qabul qilinib, sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi isloh qilinib, "Uzbekistan Airways" hamda "Uzbekistan Airports", shu bilan birga, 11 ta xususiy aviakompaniya tashkil etildi. Havo kemalari parki 29 tadan 74 taga yetkazildi. Reyslar 46 mingdan 80 mingga oshirildi. Avval 4 million 100 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, bugungi kunda 9,2 million yo‘lovchi tashilmoqda.  

Temir yo‘l sohasida ham qator islohotlar amalga oshirildi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari 4 tadan 6 taga yetkazildi. 20 ta yangi vagonlar olib kelindi, 170 tasi rekonstruksiya qilindi. “Afrosiyob” elektropoyezdlari reyslari soni 14 tadan 49 taga yetkazildi. Yo‘lovchilar soni 320 mingdan 1 million 70 mingga yetkazildi.  

Bular haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan “Hukumat soati”da aytib o‘tildi. Unda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Transport vaziri I.Mahkamov javob beryapti.  

Muhtarama Komilova, O‘zA