English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havo ifloslanishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda
14:35 / 2025-11-25

Ayni kunlarda respublikamizning ayrim hududlarida past bosimli havo massasi tufayli changlanish ortgan. Jumladan, Namangan viloyati miqyosida atmosferadagi mayda chang zarrachalari miqdori oshgani bilan bog‘liq ekologik xavfli vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida transport qatnovi yuqori bo‘lgan markaziy ko‘chalar yer yuzasiga suv sepish-purkash, daraxtlarni yuvish, yashil maydonlarni sug‘orish va kichik favvoralar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Namangan viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda tuman-shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari, “Yo‘lko‘kalam” tashkiloti bilan hamkorlikda maxsus mashinalarni jalb etgan holda changni bostirish jarayonlari boshlandi. 

– Viloyatimiz hududlarining gavjum yo‘l yoqalarida o‘sayotgan daraxtlarga texnikalar yordamida suv sepish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda, – deydi viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Maksumov. – Namli tozalash yumushlari orqali chang ko‘tarilishi bartaraf etilmoqda. Mazkur tezkor tadbirlar Namangan shahri va barcha tumanlarda nazorat ostida muntazam davom etmoqda. Bu esa changning salbiy ta’sirini, atrofdagi turli kir-g‘uborlarni kamaytirishda, hayot garovi hisoblangan havo musaffoligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.