Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havo haroratining keskin ko‘tarilganligi sababli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
09:45 / 2022-07-22

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida havo harorati keskin ko‘tarilganligi sababli ob’ektlarda yong‘inlar va favqulodda holatlarning oldini olish, zavodning xavfsiz va bir maromda ishlashi, iste’molchilarga suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, texnologik va ishlab chiqarish intizomi, sog‘liqni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligi, sanoat, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda.

Jumladan, yong‘inlar va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida barcha neft mahsulotlari, xom ashyo va gaz kondensatini quyish-to‘kish ishlari, sig‘imlardan neft mahsulotlarini olish, miqdorlarini va sig‘imlar osti suvlarini drenaj qilish ishlari kunning salqin paytida bajarilmoqda. Quyilgan neft mahsulotlarining vagon-sisternalardan oshib ketishining oldini olish maqsadida yoz mavsumida vagon-sisternalarga neft mahsulotlari quyilganda 95 foizdan, suyultirilgan gaz 83 foizdan oshmasligi nazoratga olingan. 

Sig‘imlardagi va neft quyish-to‘kish estakadasidagi sovitish tizimlarini mutaxassislar bilan navbatdan tashqari taftish qilish, kunning yuqori darajadagi issiq paytida sig‘imlarni suv bilan sovitib turish ta’minlanmoqda. Barcha nasoslar saroyida o‘rnatilgan ko‘pik bilan ta’minlash generatorlari, avtomatik yong‘in o‘chirish va yong‘indan xabar berish tizimlari, sig‘imlarni sovitish va ko‘pik bilan yong‘in o‘chirish qurilmalari, suv haydash nasoslari mutaxassislar ishtirokida navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Zavodning binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi inspektorlari va 16-17-Yong‘in-qutqaruv qismlari xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkillashtirilgan. Belgilangan uchastka va sektorlarda kuzatuv ishlari amalga oshirilmoqda. Profilaktika-nazorat bo‘linmasi inspektorlari tomonidan sexlarda davra suhbatlari tashkillashtirilib ishchi-xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ishlab chiqarish reglamenti talablari asosida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqlar o‘tkazilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA