Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havaskor velosportchilar musobaqasi
16:49 / 2014-09-10

Toshkent viloyatida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida “Kamolot-tur” yoshlar velomarafonining hududiy bosqichi o‘tkazildi.


Toshkent viloyatida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida “Kamolot-tur” yoshlar velomarafonining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent viloyati kengashi, madaniyat va sport ishlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 200 nafardan ziyod havaskor velosportchi ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan turnir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ularning sport, xususan, velosportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ekologik toza transport vositasidan foydalanishni ommalashtirishga xizmat qilmoqda. 

Velomarafonda Chirchiq shahrida yashovchi Temur Shukurov, Saidxon Saydaliyev hamda Yuqori Chirchiqdan Vladimir Saidaliyev o‘z yosh toifasi bo‘yicha finish chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Marafon doirasida “Biz, yoshlar ekologiya ifloslanishiga qarshimiz!”, “Orol dengizini saqlashga o‘z hissamizni qo‘shamiz!” shiorlari ostida maxsus aksiyalar o‘tkazildi.