Havaskor shaxmatchilar bellashdi
Samarqand tumanidagi "Konigil turizm qishlog‘i"da jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 14-30 yoshli yigit-qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlaridan kelgan 80 nafardan ziyod havaskor shaxmatchilar dona surdi.



Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rin Saydulla Abdullayevga nasib etdi. Qizlar bahsida Durdona Jumanovaga teng keladigani topilmadi.


G‘. HASANOV, O‘zA