English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havasbek Ufada rossiyalik bokschi bilan jang o‘tkazadi
12:17 / 2025-04-25

Bugun, 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahridagi "Wrestling Palace" majmuasida o‘tadigan IBA.PRO 3 professional boks oqshomida hamyurtimiz Havasbek Asadullayev ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Asadullayev professional boksda 3 ta jangda qatnashib, barchasida g‘alaba qozongan. Ikkitasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan. Havasbek so‘nggi jangini 2022 yil iyun oyida o‘tkazgandi. Uning raqibi 26 yoshli rossiyalik Alan Xugayev professional boksda bugungacha 19 ta jangda ishtirok etib, barchasida zafar quchgan.  

Kecha mazkur boks bahsi oldidan vazn o‘lchash, ko‘z urishtirish va matbuot anjumani tadbirlari bo‘lib o‘tdi.  

Ro‘ziyev, O‘zA