French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hasharotga o‘xshash qanotli robot yaratildi
13:18 / 2022-02-04

Bristol universiteti mutaxassislari hasharotga o‘xshaydigan qanotli robot kashf etishdi.

Mazkur tadqiqot tafsiloti “Science Robotics” jurnalida e’lon qilindi.
Mitti mashinaning robotlashtirilgan qanotlari elektr maydoni vositasida harakatlanadi.

Olimlar aridan aniq nusxa ko‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Mutaxassislar qanotlarning million martagacha qoqilganini sinovdan o‘tkazib, mexanizmning barqaror harakatiga ishonch hosil qilgan.

Mazkur mexanizm mitti uchar robot yaratilishiga asos bo‘ladi. Faqat buning uchun elektr manbasini mexanizmning bevosita ichiga o‘rnatish talab qilinadi.
O‘tgan yil dekabr oyi oxirida Massachusest texnologiya instituti olimlari mitti robot uchun sun’iy muskul ishlab chiqqani ma’lum qilingandi.