Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hasharda yoshlar faol ishtirok etmoqda
13:59 / 2022-04-30

"Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham erta tongdan boshlandi.

O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi mutaxassislarining ta’kidlashicha, hasharda 397 ming 628 kishi ishtirok etmoqda. Ularning 239 ming 746 nafarini yoshlar tashkil etadi. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz keksalar, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj oilalar holidan xabar olish, uy-joylarini tozalashga ko‘maklashish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda. 
Hashar ishtirokchilari har bir xonadon, ko‘cha, xiyobon va mahallada obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, xayriya hasharida 596 gektar maydon obodonlashtirilib, 486 tonna chiqindi chiqarib tashlandi, 243 kilometr uzunlikdagi ariqlar tozalandi. Ishtirokchilar tomonidan 29 ming 919 tup manzarali, 21 ming 758 tup mevali, 47 ming 597 tup gul ko‘chati o‘tqazildi. Shuningdek, 306 qabriston va 8 ziyoratgohda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga 179 texnika jalb etilgan. 
Umumxalq xayriya hasharida keksa va nogiron, yolg‘iz yashovchi qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan Nukus shahridagi “Qumovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi kam ta’minlangan oilalarga 100 tup manzarali, 100 tup mevali daraxt ko‘chati topshirildi. Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

[gallery-6893]

Dovud Abibullayev, 
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA