Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hasharda barcha uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda
17:20 / 2019-08-17

Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida qoraqalpogʻistonliklar ham uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda.


Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida qoraqalpogʻistonliklar ham uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda.

Har qanday bayramni munosib kutib olish xalqimizga xos azaliy urf-odatlarimizdan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida turli tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimidan olingan maʼlumotga koʻra, hasharda 456 ming 460 nafardan ortiq fuqaro, shu jumladan, 269 ming 500 nafar yoshlar ishtirok etmoqda. Ayni paytgacha 738 ming gektar maydon, shu jumladan, 394 kilometr ariq va zovur tozalandi. Respublika hududidagi 231 ta qabriston, 43 ta ziyoratgoh obod qilindi. 205 ming tup daraxtga shakl berilib, oqlandi.

Xayriya hashari davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 281 ta oilaning uy-joyi taʼmirlandi. 125 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga, yolgʻiz qariyaga moddiy yordam koʻrsatildi.

– Umumxalq xayriya hasharida barcha faol ishtirok etmoqda, – deydi Qoʻngʻirot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Berdibek Seytnazarov. – Tuman hokimidan boshlab oddiy fuqarogacha eng ulugʻ, eng aziz bayramni koʻtarinki ruhda kutib olish uchun hamjihatlik bilan mehnat qilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida xayriya hashari davom etmoqda.