Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
17:05 / 2021-08-21

Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan umumxalq hashari Toshkent shahar Yangihayot tumanida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Erta tongdan boshlangan hasharda aholi  faol ishtirok  etdi. 30 ga yaqin hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi.  

- Yangihayot tumanida ijarada yashayman,  - deydi Fotima Sattorova.  - Shunday bo‘lsada,  erta tongdan farzandlarim bilan  hasharga chiqdik. Bayram oldi yanada ozodalikka amal qilish kerak,  deb o‘ylayman. Hozir  yoshlarda hasharga,  obodonchilik ishlarida qatnashish kayfiyati kamdek.  Bunda biz kattalar o‘rnak bo‘lishimiz,  ularni atrof-muhitni asrashga o‘rgatishimiz kerak.

Hududda mavjud mahallalardan 10 tonna chiqindi chiqarib tashlanib, qariyb 3  kilometrga  yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi. Hashar  davomida 370 ta daraxtga shakl berildi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan  8 ehtiyojmand oila holidan xabar olindi.  Shuningdek, hashar ishlariga  8 ta texnika jalb qilindi.

D. Mamatova, O‘zA