Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hashar – hamjihatlik va birdamlik tadbiri
12:52 / 2022-04-30

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida ishchi-xodimlar faol qatnashdi.

Rahbar va hodimlar erta tongdan birdam bo‘lib “Neftchilar” shaharchasi, “Neftchi” yozgi bolalar oromgohi va Buxoro NQIZ hududini obodonlashtirishga kirishdi. Tadbir doirasida daraxtlarga shakl berildi, oqlandi, ariqlar tozalandi, shuningdek, sug‘orish, gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. 

Ma’lumki, Ramazon hayiti – milliy urf-odatlarimizga xos bo‘lgan xalqning o‘zaro mehr-oqibati va hamjihatligini namoyon etuvchi bayramdir. Zavod xodimlari bayram munosabati bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan qatlamlari holidan ham xabar oldi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim kechaklar berildi. 

Bunday tadbirlar viloyatning barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida korxona va tashkilotlarda davom etmoqda.

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA