Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hasanboy Do‘smatovdan kutilgan g‘alaba
09:43 / 2025-07-21

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida professional boks oqshomi o‘tkazildi. Unda havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov o‘zining navbatdagi jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Hasanboy Do‘smatov professional ringdagi yettinchi jangida Filippin vakili Mark Antonio bilan raqobatlashdi. Jang tashkilotchilar tomonidan 8 raund etib belgilandi. Ushbu bellashuv to‘liq davom etdi va yakunda hakamlarning qarori bilan H.Do‘smatov g‘olib, deya e’tirof etildi.

Ma’lumot o‘rnida: Hasanboy Do‘smatov bugunga qadar professional boksda 7 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Charm qo‘lqop ustamiz so‘nggi jangini 2023 yilning noyabr oyida Rossiyada o‘tkazgan edi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA