Hasanboy Do‘smatov meksikalik bokschi bilan jang o‘tkazadi
Havaskor boksda jahon chempionligiga, ikki karra olimpiya o‘yinlari g‘olibligiga erishgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov professional boksning IBF yo‘nalishining o‘ta yengil vaznida 2-o‘ringa ko‘tarilishi uchun muhim jangi e’lon qilindi.
Hamyurtimiz 25-26 oktyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida meksikalik Rene Kalisto bilan bahs olib boradi. O‘ta yengil vazn toifasida (50,8 kg) tashkil etiladigan mazkur jang Hasanboy uchun IBF reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilish uchun eliminator maqomida o‘tadi.
Aytish lozim, 32 yoshli Do‘smatov professional boksda 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olaba qozongan bo‘lsa, uning raqibi Rene Kalisto hisobida 23 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov ayni paytda o‘ta yengil vaznda IBF reytingida 8, Kalisto esa 7-pog‘onani band etgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA