Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hasanboy Do‘smatov — jahon chempioni
18:40 / 2025-12-13

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionati final janglari boshlandi. Bugungi dasturda 6 nafar charm qo‘lqop ustamiz ringga ko‘tariladi.

Chempionatning -51 kg. vazn toifasida hamyurtimiz, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov rossiyalik Bair Batlayev ustidan zafar quchgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Endi jahon chempionati doirasida vazni -60 kg. bo‘lgan mahoratli bokschimiz Abdumalik Xalakov oltin medal uchun Vsevolod Shumkov bilan jang qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA