Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hasanboy Do‘smatov ham muvaffaqiyatli yurishini boshladi
09:46 / 2025-12-10

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bokc bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Quvonarlisi, musobaqa mamlakatimiz terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Jumladan, -57 kg. vazn toifasida ringga chiqqan Xo‘janazar Nortojiyev ikkinchi jangini hind bokschisi Sachinga qarshi o‘tkazdi. Jang to‘liq davom etdi va hamyurtimiz 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. -51 kg. vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov musobaqani g‘alaba bilan boshladi. U turkiyalik Samet Gumusga qarshi ilk jangini o‘tkazib, 5:0 hisobida zafar quchdi.

Vazni -86 kg. bo‘lgan Akmaljon Isroilov Qozog‘iston vakili Daulet Tulemissovni 5:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa,  -54 kg. vaznda esa Asilbek Jalilov ganalik Amadu Mohammedni qiyinchiliksiz yengdi.

Bugun, 10 dekabr kuni musobaqada chorak final bahslari boshlanadi. Kun davomida 11 nafar bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko‘tariladi:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Subxan Mamedov (Ozarbayjon)  

-54 kg: Asilbek Jalilov — Artur Nagapetyan (Serbiya)  

-60 kg: Abdumalik Xalokov – Mahammadali Ashiraliyev (Ozarbayjon)  

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Sanatali Toltayev (Qozog‘iston)  

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon)

-86 kg: Akmaljon Isroilov – Sharabutdin Atayev (Rossiya)  

+92 kg: Arman Maxanov – Alexandro Lopez (Kuba)  

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Meroj Sufijonov (Tojikiston)  

-57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev – Jirair Sarisyan (Armaniston)  

-80 kg: Javohir Ummataliyev – Artyom Ageyev (Serbiya)  

-92 kg: To‘rabek Xabibullayev – Xulio Sezar La Kruz (Kuba)  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA