Hasanboy Do‘stmatov: Yurt ravnaqi uchun ovoz berdim
Bugungi qizg‘in saylov jarayonida har bir fuqaro konstitutsion huquqiga muvofiq, o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.
Bugungi qizg‘in saylov jarayonida har bir fuqaro konstitutsion huquqiga muvofiq, o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.
Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro Matbuot markazi Toshkent viloyati bo‘limidan ma’lum qilinishicha, mazkur jarayonning haqqoniy o‘tishi va oshkoralik siyosatiga amal qilinishi OAV vakillari va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan kuzatib borilmoqda.
Toshkent viloyatining markaziy saylov okrugida ham ovoz berish jarayonlari qizg‘in tus olgan. Xususan, Toshkent viloyatining adabiyot, sport, san’at va ilm-fan namoyondalari ham saylovda faol ishtirok etmoqda.
– Bugun hali tong oqarmasdan turib saylovga hozirlik ko‘rdim, – deydi O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir. – Tashqarida yog‘ayotgan qor bugungi saylov jarayonlarining sof va adolatli o‘tishidan darak berayotgandek edi go‘yo.
Shuningdek, saylovda yana bir qancha el suygan san’atkorlar va sport vakillari ham qatnashdi.
Boks bo‘yicha jahon va olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov Angren shahar Yangiobod mahallasidagi saylov okrugidan ishtirok etib, ovoz berdi.
– Jonajon O‘zbekistonim taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi uchun ovoz berdim, – deydi Hasanboy Do‘stmatov.