Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harvardni zabt etgan o‘zbek qizi (+video)
09:49 / 2025-12-25

Bugun Yangi O‘zbekiston yoshlari nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etmoqda. Ana shunday iqtidor egalaridan biri – Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova.

Yaqinda u dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Harvard  universitetining “Integrative Biology” yo‘nalishiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.

Grantning umumiy qiymati 392 ming AQSH dollarini tashkil etib, nafaqat kontrakt to‘lovlari, balki yashash, oziq-ovqat va boshqa zarur xarajatlarni ham qamrab oladi.

Dilafro‘z nafaqat akademik, balki xalqaro imtihonlarda ham yuqori natijalarga erishgan: IELTS – 8.0, SAT – 1540, nemis tili B2 daraja. U shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish tashabbuslarida faol ishtirok etib, “Hogwarts” yozgi oromgohida qatnashgan.

Qahramonimiz “Breakthrough Junior Challenge” Top 30%, “HIPPO” xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim finalchisi hamda ingliz tili fan olimpiadasidaviloyat bosqichi sovrindori hisoblanadi.

O‘zA muxbiri D.Sobirova bilan eksklyuziv suhbat uyushtirib, uning yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida batafsil yozib oldi.

Ushbu suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/2FA6hJQm3w0?si=wo1sgVZwq1sArGrU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Oybek Davronov (video),

O‘zA