Harbiyning qudrati – ma’naviy yetukligida
Markaziy harbiy okrugda Mudofaa vazirligi qoshidagi jamoatchilik kengashi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy harbiy okrugda Mudofaa vazirligi qoshidagi jamoatchilik kengashi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining joriy yil o‘tgan davrida viloyatdagi ijrosi muhokama etildi.
Qurolli Kuchlar tizimida haftaning juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” deb e’lon qilinib, muntazam ma’naviy tadbirlar tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida 1 ming 100 dan ortiq madaniy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtirildi. Xususan, “Armiya va xalq – bir tanu bir jon”, “Xotira – aziz, qadr – muqaddas”, “Oila va nikoh” tadbirlari keng ko‘lamda o‘tkazildi. Barcha harbiy qism va muassasalardagi kutubxonalar moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangi adabiyotlar bilan ta’minlandi.
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida viloyat bandlik boshqarmasi bilan hamkorlik bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi. Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilgan 1 ming 168 nafar pensionerlarning hayotiy tajribasidan foydalanish maqsadida ular ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlariga ishga joylandi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan yigitlarning 317 nafari bandligi ta’minlandi, 75 nafari Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilindi.
Yig‘ilishda kengash a’zolari, hamkorlik tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.