Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiyning kuchini ruhiy barqarorlik to‘ldiradi
15:28 / 2025-06-03

Bugun har bir sohaning rivojlanishi kadrlarning o‘z sohasi bo‘yicha mukammal ta’lim olganligi, ruhiy jihatdan barkamolligi, ma’naviy yetukligi, vatanparvarlik va fidoyilik kabi yuksak hislarga egaligiga bog‘liq.

Bunday fazilatlarni yoshlar qalbida shakllantirish uchun esa, albatta, amaliy jarayonlar zarur.

Shu bois joylarda turli psixologik seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinyapti.  

Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Kamalak” bolalar dam olish oromgohida Milliy gvardiya faoliyatini psixologik ta’minlash markazi tomonidan “Harbiyning kuchini ruhiy barqarorlik to‘ldiradi!” mavzusida tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Milliy gvardiya ta’lim muassasalari, hududiy boshqarmalar, harbiy qismlar hamda Qo‘riqlash xizmati xodimlaridan iborat mutaxassis-psixologlar ishtirok etishdi.  

Mashg‘ulotlar falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova trenerligida tashkil qilindi.

“Men – kim?” metodikasi bo‘yicha ishtirokchilar bilan tanishuv hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish va o‘zlashtirishlarni nazariya va amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha master-klaslar o‘tkazildi.

Ayniqsa, “Insonning murakkab jarayonlardan chiqish yo‘llari va unga mutaxassisning yordami" mavzusidagi trening mashg‘ulot ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Mashg‘ulotlarning ikkinchi kunida “Oilada konflikt jarayonlarining oldini olish indikatorlari hamda oilada  rollar birligi” mavzusida mahorat darslari olib borildi.

Shuningdek, psixologlarning professional malakalarini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlashda psixologik diagnostika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

N.Rahmonova, O‘zA