Harbiylik — yuragida jasorat yonganlar yo‘li! (+video)
Vatan himoyachisi bo‘lish bu — halovatingdan, istaklaringdan, kezi kelsa o‘zingdan va hatto joningdan kechish degani.
Harbiy bo‘lish bu – sevimli hayotingni sevimlilaring uchun fido qila olish degani balki. Asli vatan himoyachisi bo‘lish bu shunchaki tanlov emas, balki jasoratlilargina tanlay oluvchi taqdir ekanini anglaymiz.
Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida mardligu jasorat ko‘rsatib, keragida hatto jonini fido qilishga tayyor o‘g‘lonlari bor ekan, u hamisha yuksalaveradi. Zero, Vatan himoyasi yo‘lidagi mardlik faqat jang maydonidagina sodir bo‘lmaydi. Asl qahramonlik va mardlik kundalik hayotimizda shu yurt ravnaqi uchun xizmat qilish, el manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yib, milliy g‘urur va o‘zlikni anglagan holda, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash demakdir.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/2Q6SEXnqKlc" title="Harbiylik — yuragida jasorat yonganlar yo`li! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA