Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi bilan bog‘liq nizom tasdiqlandi
09:06 / 2023-09-13

Adliya vazirligida “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibining eng ko‘p sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu nizomda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibining eng ko‘p soniga bo‘lgan talablar belgilandi.

(Bundan o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni, shuningdek maxsus yuklarni qo‘riqlashda xizmat o‘taydigan idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari mustasno).

Xususan, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibining eng ko‘p soni ob’ektda tashkil etiladigan postlar va unga ajratiladigan shtat birligi sonidan kelib chiqadi.  

Postlar ob’ektning fuqarolar (transportlar) uchun mo‘ljallangan nazorat-o‘tkazish joylarida, ob’ekt hududining chegarasi (perimetri) bo‘ylab uning ichki yoki tashqi qismlarida yoxud unga yaqin hududlarda, ob’ektning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan qismida tashkil etiladi.

Nazorat-o‘tkazish joylarida bitta post o‘rtacha arifmetik hisob bo‘yicha bir soatda ob’ektning 400 tagacha xodimi nazorat-o‘tkazish joyidan kirib-chiqqan taqdirda, o‘rtacha arifmetik hisob bo‘yicha bir soatda 20 tagacha transport vositasi  nazorat-o‘tkazish joyidan kirib-chiqqan taqdirda tashkil etiladi. 

Ob’ekt hududining chegarasi (perimetri) bo‘ylab uning ichki yoki tashqi qismlarida yoxud unga yaqin hududlarda har 500 metrgacha bo‘lgan masofada bitta post tashkil etiladi.

Ob’ektning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan qismida, shuningdek, ob’ektning ko‘rinishi cheklangan hududlarida (burilish va notekisliklar) 500 metr masofa inobatga olinmagan holda bitta post yoki bitta patrullik yo‘nalishi belgilanadi.

Ob’ektni qo‘riqlashda bitta 24 soatlik post uchun 9 shtat birlik ajratiladi.

               

O‘zA