Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internat kursantlari tantanali qasamyod qabul qildi
21:46 / 2017-10-25

25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV "Jar" sport-sog‘lomlashtirish majmuasi huzuridagi Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internat kursantlari tantanali qasamyod qabul qildi.

25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV "Jar" sport-sog‘lomlashtirish majmuasi huzuridagi Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internat kursantlari tantanali qasamyod qabul qildi. Bu yigitlarning ko‘pchiligi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar xodimlarining farzandlaridir.

IIV Qorovul qo‘shinlari xodimi, mayor Lochin Ro‘ziyev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan. Uning o‘g‘li Ulug‘bek esa ota kasbini davom ettirishni astoydil niyat qilgan.

"Xuddi otam singari qonun himoyasi yo‘lida xizmat qilmoqchiman", deydi kattalarga xos qat’iyat bilan U.Ro‘ziyev. O‘zgacha dadillik bilan aytilgan bu so‘zlar beixtiyor uning mardonavor qaroriga cheksiz hurmat hissini uyg‘otadi.

12.JPG

Yigitlarga oq rangdagi bayram libosi juda yarashgan. Xalqqa sodiqlik qasamyodini ular kattalarga xos o‘ziga ishonch bilan qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV "Jar" sport-sog‘lomlashtirish majmuasi rahbari, polkovnik Abdusalom Isaxo‘jayev va boshqalar maktab-internat kursantlarini qasamyod qabul qilgani bilan qutlab, ularga Vatanga munosib xizmat qilish, doimo yigitlik so‘zida turishni tiladi.

Qasamyod qabul qilish marosimi Ichki ishlar idoralari xodimlari kunida bo‘lib o‘tganida ham chuqur ramziy ma’no mujassam. Zero, joriy yilda O‘zbekiston IIV tizimida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 10-apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni IIV tizimini isloh qilishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

17.JPG

Maktab-internatga o‘qishga qabul qilingan kursantlar orasida oilasidagi birinchi ichki ishlar xodimi bo‘lishni niyat qilgan Iskandar Tuykin ham bor. Uni qutlash uchun tadbirda onasi va buvisi qatnashdi.

– Tinch va osoyishta yurtimiz, xalqimiz farovonligini jasur va mard o‘g‘lonlar himoya qilishi kerak, – deydi Iskandarning buvisi Aliya opa. – Nabiram xuddi shundan inson bo‘lib yetishishiga ishonaman.

Yosh kursantlar tadbir ishtirokchilari oldida saf qo‘shiqlarini ijro etgan holda harbiy maydondan shaxdam qadam tashlab o‘tdi.