Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylarga zamonaviy sharoit yaratildi
18:05 / 2025-12-10

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanidagi “Sovot” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida harbiylar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma ob’ektlari tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur tadbirda yangilangan harbiy qism binosi hamda harbiy xizmatchilar uchun barpo etilgan zamonaviy xizmat uylari ularning xizmat va yashash sharoitlarini tubdan yaxshilashga qaratilgani ta’kidlandi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda mahallaning nuroniylari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanayotgan “Yosh chegarachilar” klubining a’zolari ham ishtirok etishdi. Ular yaratilgan imkoniyatlarni yuksak baholab, o‘zlarining ezgu tilak va takliflarini bildirishdi.

Marosimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi bayrami keng nishonalanayotgan kunlarda o‘tkazilgani ham tashabbusning ramziy ahamiyatini yanada oshirdi. Chunki mazkur ob’ektlar harbiylarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi ifodasi sifatida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida mehmonlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi infratuzilma ob’ektlari va xizmatchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.  

A.Qayumov,O‘zA muxbiri