Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylarga yangi uy kalitlari topshirildi (+video)
14:24 / 2026-01-14

Farg‘ona shahrining eng ko‘rkam va istiqbolli hududlaridan biri – Ekoshaharda birin-ketin uy-joylar qad rostlamoqda.

Bugun 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni ularning biri Milliy gvardiya Farg‘ona viloyat boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiylarga tantanali ravishda topshirildi. Yangi uy egasi bo‘lgan harbiylar, ularning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tantanada so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston Prezidentining harbiylarga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va ijtimoiy himoya dasturi tufayli har yili bir necha yangi uylar qurilib, Vatan himoyachilariga taqdim etilayotganini alohida ta’kidladi.

Nihoyat orziqib kutilgan damlar keldi. 20 nafar baxtli oila boshlig‘i bo‘lgan harbiyga yangi qurilgan uydan ajratilgan xonadonlar kalitlari topshirildi.

– Men bizga har doim otalarcha g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan davlatimiz va uning rahbariga oilamiz nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman, – deydi kapitan Ixtiyor Nabijonov.

Yangi topshirilgan uylar barcha qulaylikka ega. Ularning dastlabki to‘lovi davlat hisobidan, qolgani esa imtiyozli kredit asosida berilgan.

[gallery-27108]

– Harbiylarning ijtimoiy himoyasi davlatimiz uchun hamisha ustuvor masala bo‘lib kelgan. Bundan biz, harbiy xizmatchi ota-onalari ham xursandmiz, – dedi yangi uy egasi Jo‘rabek Olimovning otasi Nabijon aka Xushvaqtov. – Biz Qashqadaryoda yashaymiz. Endi o‘g‘lim, kelin va nabiralar oldiga bemalol kelib turamiz.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SFngZwkeP4I" title="Harbiylarga yangi uy kalitlari topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA