French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylarga bayram tuhfasi
17:04 / 2026-01-15

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bir guruhiga Jizzax shahridagi Yangi O‘zbekiston massivida barpo etilgan 16 qavatli zamonaviy turar joylardan 35 ta xonadonning kalitlari topshirildi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat rahbariyati va faollari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizoni qo‘mondonligi, jamoatchilik vakillari, yoshlar, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda Vatan himoyachilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladilar. Xizmat uylarida yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishgan mehmonlar yangi xonadon sohiblarini bayram bilan qutlab, ularga ezgu tilaklar bildirishdi.

[gallery-27146]

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA