Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
10:03 / 2021-01-07

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 129-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Harbiylar bilan uchrashuv» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda vazirlik mas’ullari, Tuman Mudofaa bo‘limi, Milliy gvardiya xodimlari, nafaqadagi harbiylar va mahalla yoshlari, ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

— bugungi kunda o‘zbek farzandlari uchun Milliy armiya saflarida xizmat qilish, Qurolli Kuchlar safida ona Vatan sarhadlarini qo‘riqlash yuksak burch va sharafga aylandi, — deydi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Turg‘un Qirg‘izboyev. — O‘ylaymanki, bu kabi uchrashuvlar yoshlarni ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Tadbir davomida mahalla yoshlari jangovar texnika va qurollar bilan yaqindan tanishib, ushbu sohaga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Harbiylar bilan o‘tgan samimiy suhbat davomida esa yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.