Shu kunlarda Milliy gvardiyaning Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarida «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» munosababti bilan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 236 maktab o‘quvchi-yoshlari, yosh harbiylar va fahriylar o‘rtasida shunday tadbirlardan biri tashkil etildi.
Tadbirda qayd etilganidek, ustoz-shogird yo‘nalishida ko‘p yillik tajribaga ega faxriylar bilan uchrashuvlar muddatli harbiy xizmatchilar va yoshlarda vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirib, ularning vatanparvarlik ruhida ulg‘ayishiga turtki bo‘lmoqda.
Mazkur tadbirda Toshkent shahar Afg‘on Veteran jangchi faxriysi va nogironlar uyushmasidan faxriylar ishtirok etib, ular yosh avlod hamda harbiy xizmatchilarga o‘zlarining amaliy tajribalarini, hayotiy ibratga boy voqealarni so‘zlab berishdi. Uchrashuv qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA